“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionati 35-tur doirasida o‘tkazilgan “Sporting” bilan kechgan o‘yinda (6:0) poker qayd etdi.
Bu gollar urugvaylik hujumchining kataloniyaliklar safidagi 50,51,52,53-gollari bo‘ldi.
Ayni damda u Ispaniya chempionatida to‘purarlik bo‘yicha “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni (31 gol) ortda qoldiryapti (34 gol).