Shimoliy Koreya AQSh harbiy mashg‘ulotlaridan voz kechsa, yadroviy sinovlarni to‘xtatishi mumkin

Jahon 11:15 / 24.04.2016 1036

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Su Yon Pxenyan agar AQSh Janubiy Koreya bilan birga har yilgi harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni to‘xtatsa, unda yadroviy sinovlarni to‘xtatishi mumkin, deb aytdi.

Li Su Yon Associated Press agentligiga bergan intervyusida Pxenyanning "yadroviy sinovlar Koreya yarimorolidagi "yadroviy harbiy mashg‘ulotlarga" javob ekanligi haqidagi pozitsiyasini" takrorlab o‘tdi.

Vazir, shuningdek, xalqaro sanksiyalar Shimoliy Koreya rahbariyatini qo‘rqita olmasligini ma'lum qildi.

Avvalroq Pxenyan navbatdagi marta raketa uchirgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: