Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning 10 nafar eng boy odami qatoridan joy oldi

Jahon 22:25 / 24.04.2016 3784

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Sunday Times nashri talqiniga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning 10 nafar eng boy odami qatoridan joy oldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

UMS Holdings kompaniyasining egasi va Londonning "Arsenal" futbol klubi yirik aksiyadorlaridan birining boyligi 7,58 mlrd funt sterlingga (10,92 mlrd dollar) baholangan.

Birlashgan Qirollikda eng badavlat odamlar 13,1 mlrd funt sterlingga (18,88 mlrd dollarga) ega hind millatiga mansub developerlar aka-uka Devid va Saymon Rubenlar bo‘ldi.

Warner Music egasi, ukrain millatiga mansub tadbirkor Leonard Blavatnik musiqa sohasidagi eng boy odamlar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini egalladi, uning boyligi 11,59 mlrd funt sterlingga (16,63 mlrd dollar) baholangan.

Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari ro‘yxatidan shuningdek qo‘shiqchi Adel (122 mln dollar), aktyor Deniel Redkliff (106,5 mln dollar), Devid va Viktoriya Bekxem (402 mln dollar) hamda aktyor Sasha Baron Koen (150 mln) o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: