“O‘rgimchak odam” laqabi bilan mashhur fransuz skalolazi Alen Rober Qozog‘istondagi eng baland (160 metr) bino hisoblanuvchi Esentai Tower’ga ko‘tarildi. Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, fransuz noqulay ob-havo sharoiti, ya'ni kuchli shamol turib, shahar qalin bulutlar bilan qoplangan bo‘lishiga qaramay, binoga ko‘tarilish fikridan qaytmagan.
To‘g‘risini aytganda, tashkilotchilar Roberning xavfsizligini ta'minlashga katta ahamiyat berishdi. Aslida Rober bunday choralardan foydalanishni istamaydi. Ko‘tarilish bir soatdan oshiqroq davom etdi. Mana shu vaqt oralig‘ida uni bir qancha olmaotaliklar kuzatdi. Tanaffus vaqtida u o‘zini tomoshabinlarga tanishtirdi, suratga tushdi.
Qozog‘istonning eng baland binosi fransuz alpinisti tomonidan zabt etildi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
24940
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34263