Obama: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilgandan keyin bekor qilinishi kerak

Jahon 21:45 / 24.04.2016 1658

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilganda "bekor qilinishi mumkinligi va shartligini" ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Obama bu haqda Gannoverda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

"Rossiya barcha majburiyatlarni bajarganda undan sanksiyalar bekor qilinishi mumkin va shart", deb aytdi Obama.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Minsk kelishuvlari sub'yekti bo‘lmagani uchun uni buzmayotganligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: