Obama: Buyuk Britaniya YeIdan chiqadigan bo‘lsa, unga AQSh bilan savdo hamkorligi haqidagi kelishuvni imzolash uchun 10 yil talab etiladi

Jahon 11:10 / 24.04.2016 1303

AQSh prezidenti Barak Obama Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqadigan bo‘lsa, ingliz hukumatiga AQSh bilan savdo hamkorligi haqidagi kelishuvni imzolash uchun muzokaralar o‘tkazishga 10 yil talab etiladi, deb aytdi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.

"Buyuk Britaniyada YeIdan ko‘ra, AQSh bilan qandaydir kelishuvlarni tezroq ma'qullash imkoniyati bo‘ladi. Va, ehtimol biz nimagadir erishishimiz uchun 5, 10 yil o‘tadi", deb aytdi Obama.

Obama, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan biznes-hamkorlik AQShda millionlab ishchi o‘rinlarini yaratishga ta'sir qilishini va AQSh hukumati bu hamkorlik yordamida Yevropa bozoriga ochiladigan eshiklar va imkoniyatlardan mahrum bo‘lishni istamasligini qo‘shimcha qildi.

Ko‘proq yangiliklar: