Norvegiya qiruvchi samolyoti “tez yordam” vazifasini o‘tadi

Jahon 23:14 / 24.04.2016 1573

Norvegiya harbiy havo kuchlarining ikkita F-16 Fighting Falcon qiruvchi samolyoti mashg‘ulotini to‘xtatib, shifokorlarning iltimosiga ko‘ra bemorning hayotini saqlab qoldi. The Independent nashrining yozishicha, 2016 yil 4 aprelda Bodyo shahri shifoxonasiga og‘ir nafas yetishmovchiligi kasalligi bilan og‘rigan bemor yetkazilgan. Unga tez yordam ko‘rsatish uchun ekstrakorporal membranali oksigenatsiyalash apparati kerak bo‘ldi.

Shifoxonada esa kerak bo‘lgan apparat yo‘q bo‘lib, u 470 kilometr janubda joylashgan Tronxeym shahridagi shifoxonada bor bo‘lgan. Bemorni Tronxeym shahridagi shifoxonaga olib borish uchun 10 soat talab etilardi, bu esa uning hayoti uchun juda ham xavfli bo‘lgan.

Tronxeym shahri yaqinida joylashgan aviabaza vakillari ularga yordam berishga qaror qildi. U yerda F-16 qiruvchi samolyotlari parvozga tayyorlanayotgan bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayli ulardan biri yuk konteyneri bilan jihozlangan ekan.

Samolyot Tronxeym shahridan Bodyo shahriga zarur bo‘lgan apparatni shifoxonaga yetkazib berdi. Qonni oksigenatsiya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yordam so‘rab, murojaat qilingandan so‘ng 40 daqiqa ichida yetkazib berildi. Shu tariqa, F-16 qiruvchi samolyoti tarixda ilk bor bu kabi operatsiyaga o‘z hissani qo‘shib, bemorning hayotini saqlab qolishda qo‘l keldi.

Ko‘proq yangiliklar: