Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy 25 aprelning Sinayning ozod etilishi kuni sifatida nishonlanishi munosabati bilan millatga murojaatida Misr hech kimga davlatga ishonchni barbod qilishga ruxsat bermasligini aytdi.
"Misr milliy xavfsizlikka tahdidlarga qarab turmaydi va hech qanday kuchlarga arab dunyosida hukmronlikni o‘rnatishga imkon bermaydi. Biz davlatimizni o‘z o‘g‘lonlarimiz uchun qurishda davom etamiz! Davlat institutlarini yovuzlik kuchlari tomonidan barbod qilishga urinishlardan saqlash kerak", deb aytdi as-Sisiy va "muayyan elementlar tomonidan davlatning barqarorligi va xavfsizligini barbod qilishga urinishlar bo‘layotganini" qo‘shimcha qildi.
Tahlilchilarning fikricha, as-Sisiyning bayonoti birinchi navbatda Ar-Riyodga Qizil dengizdagi ikkita orol – Tirana va Sanafiraning berilishiga qarshi chiqayotganlarga qaratilgan. Bu orollar ko‘p yillar davomida Qohiraning yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan. Misr parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak bo‘lgan tegishli bitim aprel boshida Saudiya Arabistoni qirolining Misrga tashrifi davomida imzolangandi.
Misrda fuqarolar Sinay yarimorolining Isroil okkupatsiyasidan ozod etilishining 34 yilligida Misr ko‘chalariga orollarning berilishiga qarshi namoyishga chiqishga chaqirilmoqdalar.