Jahongir Otajonovning omadli 5555-muxlisi aniqlandi

Jamiyat 17:44 / 24.04.2016 2265

Xonanda Jahongir Otajonovning har yili yakkaxon konserti oldidan muxlislar o‘rtasida tanlov e'lon qilishi odat tusiga kirgan.  Tanlovda g‘olib bo‘lgan muxlisini esa xonanda, albatta, quruq qo‘ymaydi.

Iyun sanasining 3-4-5-kunlari yakkaxon konsert dasturini uyushtirayotgan Jahongir Otajonov bu gal ham o‘z an'anasiga sodiq qolib, tanlov e'lon qildi. Bu haqda u “feysbuk”dagi sahifasida e'lon qilgan. Tanlov g‘olibiga esa 4 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi uchun 1-qatordan  chipta sovg‘a qilishini ma'lum qildi. Tanlov shartiga ko‘ra muxlis xonanda joylashtirgan surat ostiga 5555-bo‘lib taklifnoma deb yozish kerak edi. Bir zumda surat osti muxlislar qoldirgan “taklifnoma” so‘zlariga to‘lib, hatto xonandaning o‘zi ham haqiqiy g‘olibni ajratolmay qoldi.

Biz esa bunga aniqlik kiritish maqsadida Jahongir Otajonovning ma'muri bilan bog‘landik. Xonandaning ma'muri bizga chipta sohibini aniqlash bir oz mushkul bo‘lgani, ayni paytda omadli muxlisni ajoyib sovg‘a ham kutayotganligini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: