Ekvadorda zilzila qurbonlari xotirasiga 8 kunlik motam e'lon qilinadi

Jahon 23:01 / 24.04.2016 1185

Ekvadorda 16 apreldagi kuchli zilzila qurbonlari xotirasiga 8 kunlik umummilliy motam e'lon qilinadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Ekvador prezidenti Rafael Korrea ma'lum qildi.

"Odamlarning halok bo‘lishi, oilalarning iztiroblari tufayli men yaqin soatlarda 8 kunlik milliy motamni e'lon qiluvchi farmonni imzolayman", deb ma'lum qildi Korrea.

Prezident, shuningdek, mamlakatning davlat tuzilmalari, qurolli kuchlari va "ulkan ko‘lamadagi fojiada" xayrixohlik bildirgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq zilzila qurbonlari 654 nafarga yetgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: