OAV: Eron Bashar Asadga siyosiy boshpana taklif qildi

Jahon 19:12 / 23.04.2016 1596

Eron Suriya prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga siyosiy boshpana taklif qildi. Ta'kidlanishicha, Asad shu yerdan turib Suriyadagi harbiy kampaniyasini davom ettira olishi mumkin. Bu haqda i24news xabar berdi.

Eron razvedka vaziri Mahmud Alaviy Asad bu taklifni rad etganini ma'lum qildi.

Alaviyning aytishicha, Asad "uning oilasi boshqa suriyalik oilalar kabi Damashqda qolishini" aytgan.

Avvalroq Suriya ichidagi muxolifatning "Xmaymim" guruhi yetakchisi Ilian Mas'ad agar Asad ketadigan bo‘lsa, mamlakatda parchalanish yuz berishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: