«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Krishtianu Ronalduning jarohati haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Ronaldu bilan jiddiy gap yo‘q. Lekin u «Rayo Valekano»ga qarshi o‘ynamaydi. Krishtianuni qo‘llab-quvvatlash kerak. U shanba kungi o‘yinda maydonga tusha olmasligini biladi. Ronaldu o‘ynashni istamoqda. Ammo u uyida qolgani ma'qul.
Men Ronalduni maydonga tushira olmayman, bu hatto final bahsi bo‘lsa ham. Hozir tavakkal qiladigan vaqt emas. Biz seshanba kungi o‘yin haqida ko‘proq o‘ylashimiz kerak. «Manchester Siti»ga qarshi YeChL yarim finaliga Krishtianuning tayyor bo‘lishini kutamiz», – deydi murabbiy.
Bugun Ronaldu «Vilyarreal»ga qarshi (3:0) o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng 22 aprel kuni Moralexa klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, tekshiruvdan keyin Ronalduning o‘ng oyoq son qismidagi mushaklari shikastlangani aniqlangan.