Tomskda talabalar 500ta muzlatgich va kompyuterlarni derazadan irg‘itadi

Jahon 17:19 / 22.04.2016 1166

Tomsk davlat universiteti boshqaruv va radioelektronika tizimi talabalari umumiy yotoqxona derazasidan tashlangan texnika miqdori bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishmoqchi. Bu haqida FlashSiberia nashri xabar berdi.

Muzlatgich, televizor va kompyuterlar derazadan Radio kuni munosabati bilan uloqtirilishi ta'kidlandi.

"Derazalardan 500-600ta texnika turlari otilishini kutyapmiz. Umid qilamizki, bu fakt Ginnes rekordlari kitobida qayd etiladi", - deyishdi tadbir tashkilotchilari.

Bu yil birinchi talabalar izdihomining 30 yilligi munosabati bilan rekord o‘rnatishga qaror qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: