Tailandda sayyohlik avtobusi YTHga uchradi

Jahon 16:58 / 22.04.2016 793

Tailandda sayyohlik avtobusi yo‘l transport hodisasiga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda Bangkok Post xabar berdi.

Ushbu YTH 22 aprel kuni Bangkokdan g‘arbiy tomonda joylashgan Kanchanaburi provinsiyasida sodir bo‘ldi. Transport vositasi haydovchisi yo‘lning pastlagan qismida boshqaruvni eplay olmadi, natijada avtobus beton to‘siqni buzib o‘tib tepalikka borib urildi.

Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan, 22 nafar yo‘lovchi aziyat chekkan, ulardan 3 nafarining jarohati og‘ir. Barcha jabr ko‘rganlar – Tailand fuqarolari. Ular hudud yaqinidagi shifoxonaga yetkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: