Saturn shaklidagi suzuvchi kelajak uyi namoyish etildi

Fan-texnika 20:46 / 22.04.2016 2422

Italiyaning mini yaxtalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Jet Capsule kompaniyasi ushbu kelajak avlod kemasini barpo etdi. Suzuvchi qurilma, tashqi ko‘rinishidan fazoviy jism, aniqrog‘i Saturn sayyorasiga o‘xshab ketadi.

UFO (Unidentified Floating Object-noma'lum suzuvchi obekt) deb nomlangan ikki qavatli kema diametri 12.5 metrni tashkil etadi. Uning palubasida yashil maydoncha va yugurish yo‘lakchasi ham mavjud.

Dengiz suvini chuchuklashtiruvchi qurilma, gidro- va shamol generatorlari, quyosh batareyalari yordamida ishlovchi gidroabraziv elektr dvigatel va kemaning sokin harakati mijoz e'tiborini tortishi aytilmoqda.

Uning maksimal tezligi soatiga 6.5 km.ni tashkil etadi. Har bir yarimsfera mustahkam shishatolasidan yasalgan. Uning tepa qavatida mehmonxona va oshxona, shuningdek, kema boshqaruv tizimi joylashgan.

Uning suvosti qismida, tomosha romlari bilan jihozlangan yotoqxona, hojatxona mavjud. Kema ichi buyurtmachi xohish-istagiga ko‘ra jihozlanadi.

Ayni vaqtda, kompaniya, kemaning ilk namunasini ishlab chiqish uchun sarmoyadorlarni qidirmoqda. Tayyor kema narxi 800 000 dollar bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: