Saratonga qarshi kurash: yana bir yangi qadam

Jamiyat 11:57 / 22.04.2016 2505

Fred Xatchinson nomli saraton tadqiqotlari markazi immunologi Filipp Grinberg gen muhandisligi metodlari yordamida saratonga qarshi davo tariqasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan immun tizimidagi T-limfotsitlarini aniqladi. Grinberg o‘z tadqiqoti natijalarini har yili o‘tadigan Amerika saratonni davolash assotsiatsiyasida ma'lum qilgan. Bu haqda EurekAlert xabar bergan.

T-limfotsitlar — qondagi hujayralar bo‘lib, jonzotlar immun tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular mikroblar va viruslar qismi hisoblanmish begona molekulalarni yo‘q qilishni ta'minlaydi. T-limfotsitlarning yana bir ko‘rinishi T-qotillar bo‘lib, ular zarar ko‘rgan hujayralarni, jumladan, saratonga uchraganlarini ham yo‘q qiladi.

Ko‘p hollarda T-limfotsitlar saraton hujayralarini aniqlay olmay qoladi. Bunga sabab immun tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan oqsillardir. Shu sabab T-qotillar antigenlarni aniqlashda qiyinchilikka duch keladi. Shu bois immunologlar T-limfotsitlarga mos keluvchi boshqa antigenlarni topishga harakat qilishmoqda.

Tadqiqot muallifining fikricha, saraton hujayrasidagi universal indikator vazifasini WT1 oqsili bajarishi mumkin. Ushbu oqsillar zarur retseptorlar ishlab chiqadi, zararli antigenni aniqlaydi va u bilan bog‘lanadi.

Olim o‘zi tomonidan jonivorlar ustida o‘tkazilgan bir qancha tajribalarni gapining isboti tariqasida ko‘rsatib o‘tgan. Uning kelajakdagi niyati ushbu tadqiqotini inson ustida o‘tkazishdir.

Ko‘proq yangiliklar: