Qatarda FIFAning mehnat sharoitlarini nazorat qiluvchi organi tashkil etiladi

Sport 16:59 / 22.04.2016 1248

FIFA (Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi) prezidenti Janni Infantino JCh-2022 uchun futbol inshootlari qurilishida mehnat sharoitlari qanday tashkil etilgani bo‘yicha nazorat organi tashkil etilishini e'lon qildi. FIFA rasmiy satida berilgan xabarga ko‘ra, maxsus organ Qatarda faoliyat yuritadi.

Infantino Qatarga uyushtirgan ikki kunlik tashrifidan so‘ng shunday qaror qabul qilgan.

Bundan avval, Amnesty International xalqaro nohukumat tashkiloti 50 sahifalik hisobotida Qatarda 2019 yilgi yengil atletika buyicha jahon chempionati va 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati stadionini qurishda muhojir ishchilarning huquqlari buzilayotganini qayd etgan edi.

Dohadagi "Xalifa" stadioni qurilishida ishtirok etayotgan quruvchilar yashash sharoiti, ish haqi, ishlash uchun ruxsatnoma olish va mamlakatga kirib kelish borasida muammolardan nolishgan.

Infantinoning aytishicha, yangi organ Qatardagi mehnat sharoitlari bilan bog‘liq o‘zgarishlarni kuzatib, nazorat natijalari va tavsiyalari haqida hisobot beradi.

Futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatarning yettita shahri: Doha, Lusayl, Al-Vakr, Al-Hor, Al-Rayyan, Umm-Salal va Madinat-ash-Shamalda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: