O‘zbekistonlik gimnastikachi Anastasiya Serdyukova Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Sport 16:30 / 22.04.2016 3746

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Anastasiya Serdyukova Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilinishicha, Anastasiya Serdyukova tasma bilan mashq bajarishda 16.766, halqada 16.983, to‘p bilan mashq bajarishda 16.800, bulavada 16.316 ball, umumiy hisobda 66.865 ball jamg‘argan va XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan.

Musobaqaning guruh bahslarida Luiza G‘aniyeva, Zarina Qurbonova, Marta Rastaburova, Samira Amirova va Valeriya Davidovadan iborat jamoamiz sovrinli o‘rinlar uchun kurashadi. Guruh bahslarida kuchli uchlikka kirgan jamoalar Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Ma'lumot uchun: Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan musobaqada sport gimnastikasi ustalari Anton Fokin va Oksana Chusovitina, trampolinchi Yekaterina Xilko ham Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: