Daewoo dilerlik tarmog‘i 2016 yil oxirida faoliyatini to‘xtatadi

Fan-texnika 17:17 / 22.04.2016 1948

2015 yilning oktabrida Rossiya bozorida Uz-Daewoo’ning yangi brendi sifatida Ravon avtomobilini taqdim qilgan dilerlik tarmog‘i yil yakunigacha o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Autokost.kz xabarida yozilishicha, Ravon va Uz-Daewoo alohida brend bo‘lib, Ravon shunchaki nom almashtirilishi emas. Kompaniya bu brendni Rossiyada alohida dilerlik tarmog‘i orqali rivojlantirmoqchi.

Top-menejyer Davidovning ma'lum qilishicha, Uz-Daewoo kompaniyasining bir qancha dilerlari Ravon brendi uchun ishlashni davom ettiradi.

Nashrning qayd etib o‘tishicha, Rossiyada Ravon R2’ning ilk partiyasi sotilib ketdi. Ravon R2 avtomobili 10 aprel — dastlabki buyurtmalar qabul qilina boshlaganidan bir oy o‘tib, savdoga chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobilning 1,25 litrli, 4 silindrli, 85,5 ot kuchiga ega dvigatel va minimal komplektatsiyadagi Comfort AT versiyasi bahosi 369 ming rubl (taxminan 4920 dollar)dan boshlanadi.

Optimum AT versiyasida xaridor ikkita o‘rniga to‘rtta xavfsizlik yostiqchasi, eshiklarni blokirovka qilish tugmalari, passiv signalizatsiya, bort kompyuteri, konditsioner va boshqa qulayliklarga ega bo‘ladi. Bunday mashina narxi 439 ming rubldan (5850 dollar atrofida) boshlanadi.

Elegant deb nomlangan maksimal komplektatsiyada oldingi versiyalarga qo‘shimcha oltita xavfsizlik yostiqchasi, oldingi o‘rindiqlarning isitilishi, olti kolonkali audiotizim, to‘rtta eshikda elektr oyna ko‘targichlar, rulga o‘rnatilgan audiotizimni boshqarish pulti taklif etiladi. Bunday avtomobilga 469 ming rubl (6250 dollar atrofida) va undan yuqori narx belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: