Britaniyalik boshida lotereyadan 10 ming yutdim deb o‘ylagan edi...

Jamiyat 12:01 / 22.04.2016 1514

Buyuk Britaniyada lotereya yutib olgan kishi boshida o‘z yutug‘ini bunchalik katta ekanligini tasavvuram qila olmagan edi. U boshida 10 ming funt sterling yutgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylagandi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Forfar shahrida yashovchi 59 yoshli Jon Bouman bu haqda o‘z do‘stidan bilib oldi. U lotereyani ko‘zdan kechirar ekan, undagi yutuq million ekanligini bildiradi.

Lotereyasidagi yutuqdan xabar topgan Jonning birinchi qilgan ishi, ishxonasiga borib, bo‘shash haqida ariza yozish bo‘ldi.

U qo‘lga kiritgan pullarini dunyo bo‘ylab sayohatga va ikki qizi uchun sarflashini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: