«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 34-turida «Vilyarreal»ga qarshi 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Krishtianu Ronaldu o‘yinning oxirgi qismida o‘zini yomon seza boshladi, lekin hozircha bu borada aniq gap ayta olmayman. Bu xavotirlantirgulik ish, uning ahvoli jiddiy bo‘lishi ham mumkin. Biz tekshiruv o‘tkazamiz va barchasi aniq bo‘ladi.
Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Birinchi daqiqadan boshlab kerakli saviyada o‘ynadik, yaxshi himoyalandik. Menga har bir o‘yinchining harakatlari yoqdi.
Chempionlik poygasida hali hech qanday o‘zgarish yuz bermadi – biz hamon 1 ochkoga ortda qolmoqdamiz. Lekin kurashda davom etamiz, har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan harakatni qilamiz.
Benzema – juda muhim o‘yinchi, oxirgi oylarda aqlbovar qilmas o‘yin ko‘rsatmoqda. U gol uryapti, pas uzatyapti. U o‘z sheriklari uchun barcha ishni qilmoqda. Karim jamoada katta hajmdagi ishni bajarmoqda», – deydi Zidan.