So‘nggi besh yil ichida Vetnam yovvoyi tabiatida hindixitoy yo‘lbarsi populyatsiyasi shiddat bilan qisqardi. Bugungi kunda bunday yo‘lbarslarning beshdan ortiq bo‘lmagan vakili tabiatda yashaydi. 2011 yilda ularning soni 30tani tashkil qilar edi.
Vetnamdagi yo‘lbarslar haqidagi bunday ayanchli ma'lumotlarni Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) e'lon qildi. Mazkur tashkilot ekspert-ekologlarining fikricha, yovvoyi tabiatda yo‘lbarslar kamayib ketishining asosiy sababi insonning xo‘jalik faoliyati va brakonerlarning hayvonlarga ov qilishidadir. Fond mutaxassislari mahalliy hukumat e'tiborini Vetnamning tog‘li provinsiyalarida jungli, tropik o‘rmonlarda yashovchi yo‘lbarslarning yo‘qolib ketish xavfiga qaratishmoqda. Bunga misol tariqasida qo‘shni Kambodjada yo‘lbarslarning yo‘qolib ketishini ko‘rsatish mumkin. U yerda yo‘lbarslar rasman qirollik hududida yo‘qolib ketgan hayvonlar sifatida tan olingan.
Mutaxassislar Vetnamni darhol yo‘qolib borayotgan hayvon populyatsiyasini saqlab qolishga doir chora ko‘rishga chaqirib ogohlantirishdi. Bugungi kunda butun mamlakatda 120ta yo‘lbars tutqunlikda saqlanadi, biroq bu yovvoyi yo‘lbars populyatsiyasini asrab qolish imkonini berishi amri mahol, shuning uchun yo‘lbarslarni ov qilishga barham berish zarurati paydo bo‘lgan.