Italiya A seriyasining 34-tur bellashuvida «Roma» Turinning «Torino» klubi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi — 3:2.
«Roma» hujumchisi Franchesko Tottining dubli jamoaga g‘alaba keltirdi.
39 yoshli bu hujumchi 86 daqiqada, hisob 1:2 bo‘lib turgan vaqtda Seydu Keytaning o‘rniga maydonga zaxiradan tushirildi va 2ta gol urdi.
86-daqiqada rimliklar jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasi amalga oshirishdi, o‘ng qanotdan oshirilgan to‘p Tottiga kelib tushdi va u to‘pga birinchi tegishidayoq hisobni tenglashtirdi. 89 daqiqada rimliklar penalti ishlashdi, nuqtaga yaqinlashgan Totti mo‘ljaldan adashmadi - 3:2.
Bu g‘alaba jamoaga uchinchi o‘rinda mustahkam o‘rnashish imkonini berdi.
Bir tur avval Totti «Bolonya» maydonida kechgan o‘yinda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, «Roma»ga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qilgandi.