Xorijiy kreditlarni jalb etish bo‘yicha eng yaxshi bank nominatsiyasi g‘olibi aniqlandi

O‘zbekiston 16:43 / 21.04.2016 2093

2016 yil 20 aprelida O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasida bank xizmatlari, texnologiyalari va uskunalariga bag‘ishlangan "BANKEXPO 2016" IX an'anaviy respublika ko‘rgazmasida faol ishtirok etgan tijorat banklarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlash marosimida, Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari S. Xodjayev va bosh vazir o‘rinbosari I. Basitxanova, savdo-sanoat palatasi rahbari A. Shayxov, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktori S. Abdullayev ishtirok etdi.

Unda, "O‘zsanoatqurilishbank" erishgan natijalar e'tirof etilib, uning ayniqsa yetakchi xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy tijorat banklari kreditlarini faol jalb etish sohasidagi yuksak natijalariga yuqori baho berilgan. Shu munosabat bilan, "O‘zsanoatqurilishbank"i yilning «Xorijiy kreditlarni jalb etish bo‘yicha eng yaxshi bank»i deb topildi va anjuman g‘oliblari orasida birinchilardan bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: