Isroil hukumati, turli xil ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida RF bilan hamkorlikni kuchaytirish tarafdori bo‘lib kelmoqda. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda o‘tkazgan uchrashuvi so‘nggida shunday bayonot bergan.
"Men tomonlarning xavfsizlik sohasida yuritayotgan siyosatini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida keldim. Bu esa, turli tushunmovchilik, xatolar va hodisalarning oldini oladi", — degan Isroil hukumati rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil "Hizballoh" ixtiyorida zamonaviy qurollar va Jo‘lon tepaliklarida yangi jangovar harakatlar o‘chog‘i paydo bo‘lishiga qarshi barcha choralarni ko‘rmoqda.
Jo‘lon tepaliklari Isroil hududi bo‘lib qoladi, deb ta'kidlagan bosh vazir Binyamin Netanyaxu.