Messi Primerada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan argentinalikka aylandi

Sport 11:53 / 21.04.2016 1080

«Barselona» jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 34-turida «Deportivo»ga qarshi kechgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Bu 28 yoshli futbolchining Primerada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan argentinalik futbolchilar qatorida birinchi o‘ringa chiqib olishini ta'minladi. Endilikda Messi 344 o‘yinlik ko‘rsatkichi bilan Ispanii chempionatida Ariel Ibagasuni (343) ortda qoldirdi.

Bu ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Fernardo Kaseres (339 o‘yin), Pablo Dias (330) va Leo Franko (328) qayd etilgan.

Joriy mavsumda Messi Ispaniya birinchiligining 29 uchrashuvida maydonga tushib, 24 gol urdi.

Ko‘proq yangiliklar: