Meksikadagi neft zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan

Jahon 19:07 / 21.04.2016 837

Meksikaning Verakrus shtatida Pemex neft kompaniyasiga teshishli zavodda ro‘y bergan yong‘in tufayli qurbon bo‘lganlar soni 13 nafarni tashkil qilgan. Bu haqda fuqarolik mudofaasi bo‘yicha koordinator Luis Felipe Puente o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

"Biz hududni ko‘zdan kechirdik, afsuski 13 kishining jasadi aniqlandi", degan u.

Bundan oldinroq, ushbu portlash tufayli 105 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Bu zavod Koatsakoalkos porti yaqinida joylashgan. Bu port Pemex kompaniyasining mahsulotlari eksport uchun tashiluvchi asosiy port hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: