Mail.Ru Group’ning daromadi 2016 yilning 1-choragida 11,1 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 16:50 / 21.04.2016 1262

2016 yil birinchi choragida Mail.Ru Group jami daromadi 2015 yil shu davr bilan solishtirganda 11,3 foizga o‘sdi va 9,73 milliard rublni tashkil etdi. Bu ma'lumotlar kompaniya hisobotida ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkichda 2016 yil fevral oyida sotilgan HeadHunter natijalari hisobga olinmagan.

Onlayn reklamalardan olingan daromad birinchi kvartalda 34 foizga o‘sdi va 3,9 milliard rublni tashkil etdi.

“Biz 2015 yil ikkinchi yarmida boshlangan targeting reklama bilan bog‘liq tendensiyaning avj olayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday reklamalar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarimizning mobil foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan”, - fikr bildirdi kompaniya raisi Dmitriy Grishin.

Umuman olganda, 2016 yilda Mail.Ru Group ushbu yo‘nalishda barqaror o‘sishi kutilmoqda.

“VKontakte”ning daromadi ushbu kvartalda 1,88 milliard rublni tashkil etdi (45,9 foiz o‘sish).

Onlayn o‘yinlardan keladigan daromad esa yilning birinchi uch oyida 2,4 foizga oshdi va 2,35 milliard rubldan iborat bo‘ldi.

2016 yilning birinchi choragi oxirida qarzlarni chiqarib tashlaganda, kompaniya hisobidagi sof pul qoldig‘i - 573 million rubl. HeadHunter savdosi bo‘yicha ikkinchi to‘lov aprel oxirigacha amalga oshiriladi, bu ham hisobdagi sof qoldiq hajmining ko‘payishiga olib keladi.

2016 yilning 31 mart holatiga ko‘ra, Mail.Ru Group kompaniyasining qarzi 10 milliard rubl (66 million rubl foiz ustamasini hisobga olmagan holda) iborat.

Ko‘proq yangiliklar: