500 ta birinchi Ford GT avtomobiliga 7 ming kishi buyurtma berdi

Fan-texnika 23:03 / 21.04.2016 2088

Ford kompaniyasi yaqin ikki yilda GT superkarining 500 donadan iborat bo‘luvchi birinchi partiyasini sotib olishga 7 mingta buyurtma oldi. Bu haqda Car and Driver nashri xabar bermoqda.

Kompaniya 13 apreldan boshlab Ford GT’ni sotib olishga buyurtma olishni boshladi. AQShda buyurtmalarni 12 mayda, Xitoy, Makao va Filippinda 24 mayda olish to‘xtatiladi. Shundan keyin kompaniya 90 kun ichida birinchi partiyadagi mashinalar egasi bo‘ladigan odamlarni tanlay boshlaydi.

Kompaniya buyurtmalar olishdan avval GT superkari egalariga aylanmoqchi bo‘lganlarga bir qator shartlarni qo‘ygandi, Misol uchun, kompaniya mashinaning yangi egalari avtomobilni garaj va muzeyda saqlamasdan, undan foydalanishlarini istamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: