Yaponiyada ikki tomonlama ziddiyat xavfi tufayli tashqi orollarni qo‘llab-quvvatlovchi qonun qabul qilindi

Jahon 13:51 / 20.04.2016 1076

20 aprel kuni Yaponiyada tashqi orollarni qo‘llab-quvvatlash haqida qonun qabul qilindi. Bu ayniqsa Xitoy bilan chegaradosh iqtisodiy hududlar chizig‘idagi orollarga taalluqli. Qonundan maqsad - bu hududlarning Tokio tomonidan doimiy nazoratda bo‘lishi uchun aholini makismal darajada saqlab qolish.

Yaponiyada yangi qonun birinchi navbatda Tokioning janubiy prefekturasi Okinava va Sharqiy Xitoy dengizidagi masofaviy orollardagi ishtirokiga yo‘naltirilgan. Penkin u yerda uncha katta bo‘lmagan Senkaku (Dyaoyuydao) arxipelagiga da'vogar. U bu noqonuniy bosib olingan hududni o‘ziga tegishli deb hisoblab, uni qaytarishni talab qilmoqda. Xitoy chegarachilari deyarli har kuni Yaponiya o‘ziniki deb hisoblovchi hududga o‘tishadi. Tokio bu hududda ikki tomonlama nizoga sabab bo‘lish xavfi borligini ta'kidlaydi.

Bugun parlamentning yuqori palatasi tomonidan qabul qilingan qonun masofadagi orollarning aholisini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi, shuningdek bu yerdagi aholiga Yaponiyaning asosiy qismlari bilan aloqada bo‘lishi uchun transport tizimini yaxshilash va baliqchilikka yordam berish ham qonunan tasdiqlangan. Bundan avval mazkur qonun quyi palata tomonidan tasdiqlangandi.

Yaponiyaning sakkiz prefekturasidagi 70dan ortiq hudud alohida ajratilgan. Ularning orasida Rebun, Risiri, Okusiri va Xokkaydo orollari bor.

Ko‘proq yangiliklar: