Amerikalik “qahramon” aktyor Vin Dizel o‘zining feysbukdagi sahifasida “Forsaj-8”ning “yakka-yolg‘iz” posterini namoyish etdi.
“Forsaj”ning sakkizinchi qismi vafot etgan Pol Uoker ishtirok etmaydigan birinchi film. Yangi posterda Dizel hamkasbining yo‘qligiga urg‘u berish niyatida yolg‘iz suratga tushgan.
“Oldinda yangi yo‘llar kutmoqda”, — deydi u.
Uoker 2013 yilda olamdan o‘tdi. Yettinchi “Forsaj” ustida olib borilayotgan ishlar davom etgan va kartina 2015 yili kinoprokatga qo‘yildi. Film 1,5 milliard dollar foyda keltirgan.