Toshkentda tibbiyot ko‘rgazmasi ish boshladi

Jamiyat 14:39 / 20.04.2016 1735

19 aprel kuni O‘zekspomarkaz ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekistonning asosiy tibbiyot ko‘rgazmasi - TIHE 2016 boshlandi. O‘zbekistonning eng yirik tibbiyot ko‘rgazmasi tibbiyotning barcha muhim bo‘limlarini qamrab olgan: tibbiyot uskunalari, farmatsevtika, estetik tibbiyot, stomatologiya.

Ko‘rgazmaning o‘ziga xosligi shundaki, bitta maydonda tibbiyot innovatsiyalarining barcha spektralari namoyish etilgan:

“TIHE” – tibbiyot moslamalari, materiallari va mahsulotlariga ixtisoslashgan ko‘rgazma.

“AptekaExpo Central Asia” – dori-darmon mahsulotlari, dorixona uskunalari va mebellariga ixtisoslashgan ko‘rgazma.

“Stomatology Uzbekistan” – stomatologik uskunalar va sarflanadigan materiallarga yo‘naltirilgan ko‘rgazma.

TIHE 2016 O‘zbekiston tibbiyot sanoatining asosiy xalqaro forumi "ITE Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan sog‘liqni saqlash vazirligi, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zbekiston sarmoya va savdo tashkiloti, “O‘zfarmsanoat” davlat aksionerlik kompaniyasi, “O‘ztibtexnika” MChJ, O‘zbekiston stomatologlari Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkillashtirildi.

TIHE ko‘rgazmasida bu yil o‘rtacha 25 mamlakatdan o‘rtacha 200ta kompaniya ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaning doimiy qatnashchilari qatorida Germaniya, Italiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, Rossiya kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bor.

2015 yilda ko‘rgazmaga 22 mamlakatdan 8095 nafar odam tashrif buyurgan.

Ko‘proq yangiliklar: