20 aprelda Shvetsiya shahzodasi Karl Filippning rafiqasi Sofiya o‘g‘il farzand ko‘rgani ma'lum bo‘ldi.
Sofiya birinchi bor ko‘zi yorigan. Ta'kidlanishicha, u va chaqaloq o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar. Tug‘ruq paytida shifokorlar aralashuvi talab etilmagan, barchasi risoladagidek o‘tgan.
Bolakay 19 aprelda Stokgolmda mahalliy vaqt bilan soat 18.30larda dunyoga keldi. Uning vazni 3 kg 959 gr, bo‘yi esa 49 sm ni tashkil qilgan.
"U qo‘ng‘ir sochli, unga nisbatan his-tuyg‘ularim to‘lib toshmoqda. Bolangni qo‘lda ushlab turish hissini ta'riflab berish qiyin", deb o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi shahzoda.
Hozircha bolaga ism berilmagan.
Tug‘ilgan chaqaloq Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va qirolicha Silviyaning 5-nabirasi bo‘ldi.
Ilk bor ota-ona baxtiga muyassar bo‘lgan juftlikni Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven tabrikladi va ularga eng ezgu niyatlarini tilab qoldi.
Mart boshida Shvetsiya valiahd malikasi Viktoriya ham o‘g‘il farzandli bo‘lgandi.