Rosselxoznadzor 2016 yil 25 aprelidan boshlab, turk baqlajonlarini Rossiyaga olib kirishga muvaqqat taqiq joriy etadi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi ma'muriyat axborotiga tayangan holda.
«Turkiyadan kirib kelayotgan baqlajonlar tarkibida, Rossiyada karantin qilingan organizmlar borligi va bu holatning davomli ravishda qayd etilayotgani sababli … Rosselxoznadzor joriy yilning 25 aprelidan boshlab, ushbu mahsulotlar olib kirilishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatishga qaror qildi», —deb izoh berilgan ma'muriyat xabarida.
Bundan avval, Rosselxoznadzor rahbari Sergey Dankvert, Rossiya Turkiya baqlajonlari olib kirilishini taqiqlashga tayyorligini bildirgan edi.