Buxoro viloyatining Olot tumanini ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun quvur o‘rnatiladi. Bu haqda 19 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tosh qo‘yish marosimi vaqtida ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, ushbu maqsadida hukumat tomonidan 140 mln dollar miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
Hukumat rahbari shuningdek, shu yilning 25 avgustidan boshlab Toshkentdan Buxoroga tezyurar poyezd qatnashi yo‘lga qo‘yilishi va bu masofa avvalgidek 5,5 soat o‘rniga 3,5 soat ichida bosib o‘tilishi haqida gapirgan.