Neymar «Valensiya»ga qarshi o‘yin vaqtida o‘z jamoadoshi Albani so‘kkani ma'lum bo‘ldi

Sport 14:34 / 20.04.2016 1119

Ispaniya OAVi «Barselona» jamoasi hujumchisi Neymarning badxulqligi borasida navbatdagi xabarni tarqatdi.

Bundan oldinroq, braziliyalik bu futbolchining Ispaniya chempionati, 33-turida «Valensiya»ga qarshi kechgan uchrashuvda asablarini jilovlay olmagani va raqib himoyachisi Antonio Barragan bilan avval maydonda janjallashgani, keyin unga qarata maydon tashqarisida butilka uloqtirgani haqida xabar berilgandi.

Unga bu ishi uchun diskvalifikatsiya qo‘llanishi mumkin.

Movistar+ nashri xabariga ko‘ra, Neymar o‘sha o‘yin vaqtida nafaqat raqibga, balki o‘z jamoadoshlariga ham yomon munosabatda bo‘lgan.

Xordi Alba ham mazkur o‘yinda uning «qurboni» bo‘lgan. Vaziyatlarning birida Neymar Albani o‘ziga pas bermagani uchun nojoiz so‘zlar bilan haqoratlagan va kinoya bilan unda qandaydir muammo bor-yo‘qligini so‘ragan.

«Barselona»ga Neymarning hayot tarzi yoqmayapti

Ko‘proq yangiliklar: