NATO bosh kotibi: Rossiya bilan avvalgi aloqalar tiklanmaydi

Jahon 19:07 / 20.04.2016 1399

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonot berishicha, Rossiya va harbiy alyans, tomonlar o‘rtasidagi siyosiy muloqot qanchalik muhim bo‘lmasin, oddiy munosabatlar davriga qaytmaydi, deb xabar qilmoqda  RIA «Novosti» agentligi.

«Yevroatlantika mintaqasi ajratib turuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy muzokaralar zarur va foydali, bu ayniqsa, biz boshimizdan kechirayotgan, manfaatlar to‘qnash kelgan vaziyatda juda muhim. Shunga qaramasdan, bu avvalgi munosabatlarni tiklashimizni anglatmaydi», — degan bosh kotib Stoltenberg.

Uning qayd etishicha, siyosiy muloqot uchun mavjud aloqalarni saqlab qolish, barcha tomon manfaatlariga mos keladi.

Ko‘proq yangiliklar: