Myanma g‘arbiy qirg‘og‘idagi Rakxayn shtatida qochqinlarni olib ketayotgan parom halokatga uchrashi oqibatida kamida sakkiz kishi nobud bo‘lgan, 60 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari xabar berdi.
Qochqinlarning shu hududdagi lageridan Situe provinsiyasi ma'muriy markazidagi mahsulotlar bozoriga olib ketayotgan kemada me'yoridan ortiq – taxminan 100 kishi bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan joyda qutqaruv xizmati tashkil etilgan.