Kerri va Zarif Eron bilan bir qator muhim masalalar bo‘yicha taraqqiyotga erishilganini ma'lum qildilar

Jahon 07:39 / 20.04.2016 1492

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan muzokaralar vaqtida bir qator muhim masalalar bo‘yicha taraqqiyotga erishilganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

"Biz bugun bir qator muhim masalalarni muhokama qildik va ular bo‘yicha birmuncha taraqqiyotga erishdik. Biz juma kuni (22 aprel), iqlim bo‘yicha kelishuvni imzolagandan keyin uchrashib, gaplashgan narsalarimizni rasman mustahkamlashga kelishib oldik", deb aytdi Kerri.

Zarif o‘z navbatida uchrashuvda Eron "foyda ko‘rishi mumkin bo‘lishi uchun" yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv qanday amalga oshirilishiga urg‘u berilganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Kerri va Zarif Nyu-Yorkda, BMT bosh qarorgohida yadroviy kelishuvni amalga oshirishni muhokama qilishayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: