Lamborghini’ning Monrealdagi dileri sotuvga bor-yo‘g‘i 1,8 km yo‘l yurgan Lamborghini Diablo SV 1999 kupesini qo‘ydi. 1999 yilda ishlab chiqarilgan mashina 499 ming 900 dollarga baholandi.
Mashina sotilishi haqidagi e'londa avtomobil "ideal" holatda ekanligi aytilgan. Mashinaning jihozlari ro‘yxatida barqarorlashtirish tizimi, klimat-kontrol va charm salon bor. Mashinaning suratlariga ko‘ra, uning ichi ham juda yaxshi, deyarli zavoddan chiqqandagi ko‘rinishda. Mashina 17 yil qayerda va uning nechta egasi bo‘lgani noma'uml.
Lamborghini Diablo superkari 1990 yildan 2001 yilgacha ishlab chiqarilgan. Mashinaning SV versiyasi 510 ot kuchiga ega V12 dvigateli va orqa privodli bo‘lib, 1995 yilda birinchi bor ishlab chiqarilgan. 1999 yilda model restaylingga uchragan: kupe yig‘iluvchi faralardan mahrum bo‘lgan, asboblar paneli o‘zgartirilgan. Italyan markasi 11 yil ichida hammasi bo‘lib 2884 dona Lamborghini Diablo ishlab chiqargan.
Superkardan keyin Murcielago superkari 2001 yildan 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan. Murcielago o‘rniga o‘z navbatida Aventador modeli kelgan, u 2011 yildan boshlab ishlab chiqariladi.