Janubiy Koreya va AQSh harbiy havo kuchlari Max Thunder mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

Jahon 14:32 / 20.04.2016 1917

Koreya Respublikasi va AQSh harbiy havo kuchlari Max Thunder nomli harbiy havo mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda, Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi ma'lum qilgan.

“Shu yilning 29 apreliga qadar davom etadigan mashg‘ulotlar maqsadi-jangovar harakatlar vaqtida ittifoqchilar harakatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir", — deyiladi vazirlik axborotida.

Ushbu mashg‘ulotlar 2009 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi o‘quv-tayyorgarlik mashqlarida 1,2 mingga yaqin amerikalik va 640 nafar mahalliy harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda. Unda, shuningdek, yuzlab qiruvchi samolyotlar, xususan Koreyaning F-15K, KF-16, FA-50 va Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanilmoqda.

Mashg‘ulotlar chog‘ida, ittifoqchilar samolyotlari ikki guruhga bo‘linib, turli xil ssenariylarni ijro etadi.

Ko‘proq yangiliklar: