Homiylardan najot bo‘lmagach, Sanjar Shodiyev bu vazifani o‘z zimmasiga oldi

Jamiyat 18:44 / 20.04.2016 3453

“Jigarbandim”, “Qalb ko‘zi”, “Qora mushuk” kabi filmlar rejissyori hamda aktyor Sanjar Shodiyev o‘tgan yili “Seni o‘zim boy qilaman” nomli yangi filmga qo‘l urgan edi. Filmda xonanda bo‘lish istagida bo‘lgan yigitning mashhurlik pillapoyalariga chiqishi bilan bog‘liq jarayonlar, bu yo‘ldagi sinov va mashaqqatlar aks etgan bo‘lib, unda bosh rolni Abduvali Rajabov ijro etgan. Sanjar Shodiyevni esa xonandaning prodyusseri rolida ko‘rishingiz mumkin. Homiylardan najot bo‘lmagach, bu vazifani o‘z zimmasiga olishga ahd qilgan prodyusserinng omadi kelarmikan?
Bu savolga 25-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan premera kunida javob topasiz.

Rollarni xonandalar Ravshan Sobirov, Sharof Muqimov, O‘lmas Olloberganov, Doston Ubaydullayev, aktyorlar Javohir Zokirov, Zarina Nizomiddinova, Adiz Rajabov ijro etgan.

Operator Abduvohid G‘aniyev.

Ko‘proq yangiliklar: