Ekvadorda navbatdagi zilzila qayd etildi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, zilzila kuchi 6,2 ball bo‘lgan.
Bu haqda Tsunamidan ogohlantirish Tinch okeani markazi ma'lumot tarqatgan.
Ushbu zilzila epimarkazi Ekvador shimoli-g‘arbidagi Esmeraldas shahridan 70 km masofad bo‘lgani aytilgan.
20 aprelga o‘tar kechasi mamlakat janubi-g‘arbiy sohillarida 15,4 kilometr chuqurlikda 5,5 magnitudali zilzila qayd etilgandi.
Yer silkinishi yuz bergan hududdan eng yaqin aholi punkti, Muisne sohilbo‘yi posyolkasigacha bo‘lgan masofa to‘rt kilometrni tashkil etadi.
16 aprel kuni yuz bergan 7,8 magnitudali zilzilaning epimarkazi Muisnedan 28 kilometr masofada joylashgan edi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 16 aprel kuni yuz bergan halokatli zilzila qurbonlari soni 525 kishiga yetgan. Ularning orasida 11 kishi xorijlik.