Chorvachilik, o‘simliklar yetishtirish va qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha mutaxassislardan iborat Fransiya delegatsiyasi 2016 yil 30 may-2 iyun kunlari O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi.
Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston agrar sektori bilan tanishish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdir.
Moskvadagi Business France byurosi fikricha, «o‘zbek qishloq xo‘jaligi bozori boy potensial, yirik ichki bozor va ulkan eksport imkoniyatiga ega», deb yozmoqda uzdaily.uz internet nashri.
Frantsuz kompaniyalari, sun'iy urug‘lantirish texnologiyalari, yirik shoxli chorva irsiy ma'lumotlari, chorvachilik va sutni qayta ishlash sohalarida tajribalar bilan o‘rtoqlashish niyatida.
Shuningdek, meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash sohasida fransuz tajribasi, ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari o‘zbek tomonida qiziqish uyg‘otishi mumkin.