Britaniyalik yigit to‘yi kuni ijaraga olingan mashinada avtohalokatga uchradi

Jamiyat 00:22 / 20.04.2016 1260

Britaniyalik yigit o‘zining nikoh to‘yi kunida ijaraga olingan mashinani do‘stining Lankashirdagi uyiga urib yubordi.

U qaylig‘i bilan Ferrari avtomobilini boshqarayotgan payti oyog‘i tezlatgichga o‘ralib qolishi oqibatida avtohalokatga uchradi.

Ma'lum bo‘lishicha, Ferrari 458 Spider rusumidagi avtomobil narxi 342 ming dollarni tashkil etadi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi. Halokat natijasida kelin va kuyov og‘ir jarohatlar olmagan.

Endi yigit 28 ming dollar miqdoridagi sug‘urta harajatlarini qoplashiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: