AQSh adliya vazirligi "Panama hujjatlari" e'lon qilinganidan so‘ng, ma'lum bo‘lgan soliq to‘lamaslik yo‘llari bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi, deb yozmoqda The Guardian.
Jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida Nyu-York janubiy okrugi prokurori Priit Bharara ma'lum qildi. U tergovchi jurnalistlar xalqaro konsorsiumiga (ICIJ) murojaat qilib, tergov ishlarida yordam berishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma'lumotlarni yuborishni iltimos qilgan.
"Priit Bharara moliyaviy firibgarliklarga oid yirik tergov ishlarini boshlagani bilan mashhurdir", deb yozadi gazeta.
Bundan avval, Yevroparlament ham «ofshor mojarosi» yuzasidan maxsus komissiya tashkil etgan edi.
2016 yilning 3 aprel kuni OCCRP, ICIJ va dunyoning 100dan ortiq yetakchi nashrlari jurnalistlari, jahonning turli mamlakatlari rahbarlari, siyosatchilar, sportchilar va madaniyat arboblarining, soliq to‘lamaslik maqsadida ofshor bitimlariga aloqadorligi xususidagi ma'lumotlarni oshkor qilgan edi.