Kompyuter va smartfonlar ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasi ikki yil ilgari Xitoy hukumatidan dasturiy ta'minlashning manba kodini berishni talab qiluvchi mazmundagi xat olgan. Apple bunga rad javobini berdi.
Bu AQShdagi kongressda Apple va FQB o‘rtasidagi Amerika maxsus xizmatlari talabiga binoan telefondagi ma'lumotlarga chiqish imkoniyatining berilishi zarurati to‘g‘risidagi bahs-munozaralar natijasida ma'lum bo‘ldi. Aynan qanday manba kodi haqida gap ketganligiga aniqlik kiritilmadi.
"Imkon doirasida aniq gapirmoqchiman. Biz Xitoyga manba kodini bermaymiz", - dedi Apple kompaniyasining huquqiy maslahatchisi Bryus Siuill.
Apple bundan avval sud qarorini ijro etishdan bosh tortgan va FQBga 2015 yil San-Bernardinoda hujum uyushtirgan terrorchining telefoniga chiqish imkonini bermagan. Apple'da FQBning talablarini qondirish uchun telefondagi ma'lumotlar himoyasini sezilarli ravishda kamaytirish kerakligini ta'kidlashmoqda.