Amerikalik aktrisa Lindsi Loxan Islomni o‘rganmoqda, deb xabar beradi The Sun. Gazetaning ma'lum qilishicha, 2015 yilda aktrisaning Qur'on ushlab tushgan surati katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, katolik e'tiqodli Loxan Islomga murojaat qilgan.
Aktrisa ushbu fotosuratga endi izoh berdi. “Men o‘ta dindor insonman va bilim olishga doim tayyorman», – dedi Loxan. Uning ta'kidlashicha, u haqiqatdan ham Islomni o‘rganmoqda.