Aguero APLda o‘zinnig 100-golini urdi

Sport 09:26 / 20.04.2016 1550

«Manchester Siti» klubi hujumchisi Serxio Aguero «Nyukasl»ga (1:1) qarshi kechgan Angliya chempionatining 27-turidan qoldirilgan uchrashuvida hisobni ochuvchi gol muallifi bo‘ldi.

Ushbu gol argentinalik hujumchi uchun Angliya Premer-ligasida yuzinchisi bo‘ldi.

Mazkur ko‘rsatkichga erishish uchun Agueroga 147ta o‘yin talab etildi va bu liga tarixida ikkinchi natijaga aylandi. «Manchester Siti» hujumchisi hozircha faqat Alan Shirerdan (124ta o‘yin) ortda qolmoqda.

27 yoshli argentinalik o‘yinchi 2011 yilning iyulida «Atletiko»dan «Siti»ga o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: