21 aprel kuni Buyuk Britaniya qirolichasi o‘zining 90 yillik yubileyini nishonlaydi.
2016 yil 12—15 may kunlarida esa indzor qal'asining Xoum-parkida bir yarim soat davom etadigan tantanali marosim bo‘lib o‘tadi.
Press Association qirolichaning turli yillarda va turli joylarda tushirilgan suratlaridan fotojamlanma tuzdi.
Qirolicha 1926 yilning 21 aprelida, London shahrida dunyoga kelgan. U York gersogi Albert va ledi Yelizaveta Bouz-Layon oilasidagi birinchi farzand bo‘lgan.
Kichik Yelizavetani yaqin qarindoshlar Lilibet deb chaqirishgan. Uning amakivachchasi Margaret Rodsning aytishicha, u kichikligidanoq "aqlli va quloqli hamda hayotdan hamisha xursand qizaloq" bo‘lgan.
Bu suratda malika 1936 yilda oilasi bilan Qirollik turniri vaqtida harbiylar bilan qo‘l siqishmoqda.
1940 yil. 14 yoshli Yelizaveta "Bolalar vaqti" radiodasturida mehmon bo‘lgan. U Ikkinchi Jahon urushi boshlangach, Buyuk Britaniyadan AQSh, Kanada va okeanortining boshqa mamlakatlariga evakuatsiya qilingan tengdoshlariga hamda boshqa kichik bolalarga murojaat qilib, o‘z tilaklarini bildirgan. Bu bo‘lajak qirolichaning ilk marta ovozi yozib olinishi edi.
Qirollik oilasiga Ikkinchi jahon urushi vaqtida xavfsizlik zarurati tufayli Britaniyadan Kanada ko‘chish taklif etiladi. Lekin qirol va qirolicha bunga ko‘nmaydi. Bolalar Vindzor qal'asiga keltiriladi. "Biz 5 yil ta'tilda bo‘ldik", deyishadi keyin ular. Urushning oxirgi yillarida ulg‘aygan Yelizaveta harbiy libos kiyadi va ATS harbiy korpusiga (ko‘makchi ayollar guruhi) kiradi. U 3 hafta davomida harbiy texnika bilan tanishadi.
1947 yilning 20 noyabri. U o‘zining uzoq qarindoshi, gretsiyalik gersog Filipga turmushga chiqadi. Nikoh Vestminster abbatligida o‘tkazilgan.
Uning ilk farzandi Charlz 1948 yilda tug‘ilgan. 1950 yilda ikkinchi farzand Anna dunyoga kelgan.
Yelizaveta va Filip o‘z farzandlari bilan Londondagi Klarens-hausda yashashardi. Uning otasi saraton tufayli vafot etgan. Bu 1952 yilning yanvarida, malika Keniyada bo‘lgan vaqtda ro‘y bergan. Otasining merosxo‘ri sifatida qirolichaga aylangan Yelizaveta darhol Londonga qaytgan.
Uning qirollik tojini kiyish marosimi 1953 yilda yuz bergan va televideniye orqali translyatsiya qilingan. Millionlab kishilar ilk marta monarxning qasamyod qilishini ilk marta ekran orqali tomosha qilishgan.
Bu fotosurat 1957 yilda tushirilgan. Qirolicha Sandrinhem saroyidagi kutubxonada. U bu yerda, Rojdestvo munosabati bilan dunyo xalqlariga murojaat qilgan. Uning qo‘lida "Ziyoratchining Osmon saltanatiga sayohati" nomli kitob. U o‘z nutqida shu kitobdan bir necha parcha o‘qigan.
1963 yil. Qirolicha harbiy paraddan Bukingem saroyiga qaytmoqda. Yelizaveta 1987 yilgacha har yili otda o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan Trooping the Solour marosimiga ot minib borgan (1955 yil bundan mustasno, o‘sha yili temiryo‘lchilarning ish tashlash uyushtirishi tufayli marosim o‘tkazilmagan). Qirolicha 1987 yildan boshlab faytonda sayr qila boshladi.
1966 yil. Angliya terma jamoasi G‘arbiy Germaniya terma jamoasi ustidan JCh finalida, Uembli o‘yingohida kechgan uchrashuvda 4:2 hisobida ustun kelgach, terma jamoa sardori Bobbi Mur qirolichadan Jyuli Rime mukofotini qabul qildi.
1969 yilda qirolicha Yelizaveta II o‘z o‘g‘li, shahzoda Charlzni taxt vorisi sifatida rasman e'lon qildi. Uels gersogi maqomida bo‘lgan valiahdga toj kiydirish marosimi Karnarvon qal'asida o‘tkazilgan. Aslida u 9 yoshida valiahd bo‘lgan, qirolicha marosimni keyinroq, u buni anglaydigan yoshga yetganida o‘tkazishga qaror qilgan.
Suratda qirolicha Vindzordagi otlar poygasi vaqtida, Virjiniya-Uoter qishlog‘ida o‘zining sevimli korgi itlari (Uels zoti) bilan. Qirolichaning jami 30ta shunday iti bo‘lgan. Ko‘pchiligi uning ilk iti Syuzan laqablisidan tarqagan. Hozirda unda faqat ikkita it bor (Holli va Uillou) va u boshqa it saqlab olmoqchi emas.
1977 yilda qirolicha o‘z hukmdorligining 25 yilligi munosabati bilan Buyuk Britaniya bo‘ylab safar qiladi. U safar davomida 36ta graflikka tashrif buyuradi. U shuningdek, dunyo bo‘ylab 56 ming mil masofani (90 ming kilometrdan ortiq) bosib o‘tadi.
Qirolicha Yelizaveta II Jyersi orolidagi Le Peti Kateleda o‘tgan zotdor sigirlar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Unga hukmdorligi davrida turli zotdor jonivorlarni sovg‘a qilishgan: Germaniyadan kanareyka, Braziliyadan yaguar va tanbal, Seyshel orollaridan 2ta qora suv qunduzi hamda Kamerundan Jambo nomli fil. Ularning barchasi London hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Qirolicha ba'zida fotograflik qilardi. U bu suratda 1982 yili, Tuvaluga tashrifi vaqtida. Uning qo‘lida Rollei fotoapparati.
Oilaviy fotosurat. Ona qirolicha, qirolicha Yelizaveta II, shahzoda Uilyam, shahzoda Harri, Uels shahzodasi va malikasi. 1984 yil Harrining cho‘qintirish marosimidan so‘ng. Qirolichada 8 nabira va 5 evara bor.
Qirolicha Yelizaveta II va Edinburg gersogi 1986 yilgi Xitoyga tashrif vaqtida Buyuk Xitoy devorida. Bungacha hech qaysi britaniyalik monarx Xitoyga tashrif uyushtirmagandi.
1991 yil. Qirolicha Yelizaveta II Niderlandiya bosh vaziri Ruud Lyubbersni Bukingem saroyidagi Musiqa zalida bo‘sh stolga taklif etmoqda.
Qirolicha Yelizaveta II Vindzor qo‘rg‘onida 1992 yili ro‘y bergan yong‘indan keyin. Bu yilni u "annus horribilis" (dahshatli yil) deb atagan. O‘sha yili malika Anna birinchi turmushidan ajrashadi. Shuningdek, gersog va gersoginya Yorkskiylar hamda Uelslar oilasi ham ajrashgan.
Bu noodatiy fotosuratda qirolicha instruktor, leytenant Jorj Harvi hamrohligida, Bislidagi merganlar uyushmasida SA80 avtomatidan o‘q uzmoqda.
Uels malikasi Diananing o‘limidan keyin, uning o‘limi haqida rasmiy ta'ziya bildirmagani uchun qirollik oilasi tanqid qilindi. Qirolichani loqaydlik va jamoatchilik fikri bilan hisoblashmaslikda ayblashadi.
1999 yilda olingan bu suratda qirolicha Glazgoda, Syuzan Makkerronning uyida choyxo‘rlik qilmoqda. Uning oddiy fuqaro uyiga tashrifi shaxsiy tashrif bo‘lgan. Yelizaveta II sutli lekin shakarsiz "Erl Grey" choyini ma'qul qo‘rgan.
Uels shahzodasi Kamilla Parker-Boulz bilan nikohidan keyin Vindzorni tark etmoqda. Qirolicha Yelizaveta II nikohning diniy marosim qismida ishtirok etgan, kechki bazmga kelmagan.
Qirolicha Yelizaveta II va gersog Edinburgskiy o‘z to‘ylariga 60 yil to‘lishi munosabati bilan Hempshirdagi Brodlends mulkida. Aynan shu yerdan ular 1947 yilning noyabrida asal oyiga jo‘nab ketishgandi.
Qirolicha Bukingem saroyi sahnasida shahzoda Charlz bilan. Kamilla va pop-yulduzlar uning taxtga chiqishiga yubiley sana to‘lishi munosabati bilan konsert uyushtirgan.
2015 yilning 9 sentabrida Yelizaveta II mamlakat tarixida eng uzoq hukm surgan monarxga aylandi - 23 226 kun, 16 soatu 30 daqiqa: u taxtni 63 yil, yetti oy va ikki kun boshqargan qirolicha Viktoriya rekordini yangilagandi. Bu kunda u Shotlandiyada bo‘lgan. U shahzoda Filip bilan poyezdda safar qilib, Edinburg yaqinidagi Tvidbenk qishlog‘iga borgan va yangi temir yo‘l liniyasi ochilishida ishtirok etgan.